French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun “Bunyodkor”da FIFA va O‘FA vakillari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
14:53 / 2023-05-06

FOTOREPORTAJ

Bugun kunning birinchi yarmida Xalqaro futbol federatsiyasi - FIFA rahbari Janni Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi. Uni O‘FA rahbari Abdusalom Azizov, yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi.

[gallery-11752]

Yuksak martabali mehmon Assotsiatsiya qoshidagi maydonda Grassroots  dasturi doirasida yosh futbolchilar mashg‘uloti bilan tanishdi. Shuningdek, mamlakat futbol rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan mutaxassislar, futbol faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar bilan muloqotda bo‘ldi.

FIFA rahbarining keyingi tanishuv manzili ko‘p tarmoqli “Humo Arena” sport majmui bo‘ldi. Xabaringiz bor, ayni kunlarda boks bo‘yicha jahon chempionati ayni shu muhtasham sport maskanida bo‘lib o‘tmoqda.

FIFA rahbari boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyatidagi terma jamoalar markazi qurilishiga ham tashrif buyurdi.

Kunning ikkinchi yarmida Janni Infantino “Bunyodkor” akademiyasiga kelishi, O‘FA hamda FIFA vakillari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shu yerning o‘zida “Bunyodkor” va “Olimpik” futbol jamoalarining oliy ligadagi uchrashuvi ham o‘tkaziladi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA