Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun bug‘doy ortgan birinchi kema Odessa portini tark etdi
16:44 / 2022-08-01

Bu haqda CNN Turk telekanali xabar bermoqda.

"Kema Odessa portini tark etdi", – deyiladi xabarda.  

Bu xabarni Ukraina infratuzilmalar vazirligi ham tasdiqlagani aytilmoqda.  

"Serra-Leone bayrog‘i ostida suzayotgan RAZONI kemasi Ukrainaning 26 ming tonna makkajo‘xorisini  yuklab Livanning Tripoli portiga qarab suzmoqda", – deyiladi vazirlikning telegramm kanalida tarqatilgan xabarda.  

Seshanba kuni yuk kemasi Istanbulga yetib keladi.  Bu yerda kema tekshiruvdan o‘tkaziladi va yo‘nalishi bo‘ylab suzishda davom etadi, deya aniqlik kiritdi Turkiya mudofaa vazirligi.  

Turkiyaning A Haber telekanali bergan ma’lumotga ko‘ra, kemaning harakati dronlar va yo‘ldoshlar orqali kuzatib borilmoqda.