Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi bugun Isroilning Eron hududiga bergan zarbalari munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
Yig‘ilish Tehron tomonidan talab qilingani aytilmoqda.
Xavfsizlik Kengashining ushbu yig‘ilishi Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashganidan beri ikkinchisi bo‘ladi. Shu bilan birga, chorshanba kuni Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi maktub tarqatdi, unda AQSHning Isroil bilan mojaroga aloqadorligi haqida dalillar kuchayib borayotgani ta’kidlangan.
– Asosiy ma’ruzachilar BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va uning o‘rinbosari Rozmari DiKarlo bo‘lishi kutilmoqda, -dedi Bosh kotibning vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlar uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida.
“CBS” telekanalining xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Islom Respublikasi yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish maqsadida Eronning Fordodagi yadroviy inshootiga zarba berish haqida o‘ylamoqda.
S.Rahimov, O‘zA