Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun ayni oʻqiydigan, bilim oʻzlashtiradigan vaqt...
09:56 / 2020-04-12

Hozirgi kunda nafaqat davlatimizda, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda, barchamiz uyimizdan koʻchaga, oʻqishga yoki ishga chiqa olmaslikka majburmiz.


Hozirgi kunda nafaqat davlatimizda, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda, barchamiz uyimizdan koʻchaga, oʻqishga yoki ishga chiqa olmaslikka majburmiz.

Xalqimiz va butun insoniyat boshidan kechirayotgan bugungi sinovli kunlarda yoshlarning uzluksiz taʼlim olishi muhim ahamiyatga ega. Shu bois hukumatimiz va davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan karantin davrining boshidanoq mamlakatimiz yoshlari taʼlim olish jarayonlaridan uzilib qolmasliklari uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, men taʼlim olayotgan Toshkent davlat yuridik universitetida karantinning birinchi kunidayoq ustozlar bilan onlayn aloqa oʻrnatildi. 6-apreldan boshlab universitet toʻliq masofaviy taʼlim berish jarayoniga oʻtdi.

Universitetimiz rahbariyati va Adliya vazirligi yordamida, talabalar uchun alohida Elektron taʼlim platformasi ishga tushirildi va barcha talabalarga alohida akkauntlar ochildi. Onlayn dars jarayonlarida ushbu platforma bilan birgalikda Telegram-mesendjeri, Moodle, EzTalks, Zoom platformalaridan foydalanilmoqda

Elektron taʼlim platformasida barcha oʻquv modullar boʻyicha kerakli materiallar, taqdimot, audio va video darslar, koʻplab qiziqarli kazus va topshiriqlar joylashtirilgan.

Onlayn darslarimiz interaktiv yondashuv hamda oʻzgacha ruhda, tasdiqlangan dars jadvallari asosida boʻlib oʻtmoqda. Bunda, asosan oʻquvchining mustaqil taʼlim olishi hamda darslarni oʻzlashtirishda turli manbalardan foydalanishi alohida oʻrin tutadi.

Ayniqsa, onlayn oʻtkazilayotgan vebinar darslarimiz orqali ustozlarimiz va doʻstlarimizni kameralar orqali koʻrib oʻqishimiz, bizga oʻzgacha xush kayfiyat ulashmoqda.

Aziz yoshlar, doʻstlarim!

Tarixdan misollar koʻp, Isaak Nyuton ommaviy epidemiya sababli berilgan taʼtilda eng buyuk nazariyalarini yaratgan, Pushkin oʻzining eng mashhur asarlarini karantinda uyida oʻtirib yozgan va bunday misollarni davom ettirsa boʻladi.

Shunday ekan, bugun barchamiz avvalo karantin qoidalariga qatʼiy rioya etishimiz, uydan koʻchaga chiqmasligimiz va boʻsh vaqtimizdan unumli foydalanib, oʻqib-izlanishimiz lozim.

Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!

Botirbek Ubaydullayev,
Toshkent davlat yuridik universiteti
birinchi bosqichi talabasi