Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun AQSH tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik kengashi majlisi chaqirilgan
14:48 / 2022-01-31

«Nezavisimaya gazeta»ning yozishicha, “Muhokamalar markazidan Ukraina, Rossiya, Yevropada yuzaga kelgan vaziyat, Rossiyaning Ukrainani bosib olishi dunyo tartiblarining asosiy tamoyillari va majburiyatlariga qanday ta’sir etishi bilan bog‘liq, hozirda o‘ta keskin bo‘lib turgan masalalar o‘rin olgan».

AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfildning ma’lum qilishicha, Amerika tashabbusidan ko‘zlangan asosiy maqsad faqat Rossiyani qoralovchi rezolyutsiyaning qabul qilinishiga erishish emas, balki Rossiya pozitsiyasini xalqaro hamjamiyat bir ovozdan qo‘llab quvvatlamasligini namoyish qilishdir.  Shu bilan birga, qabul qilinadigan rezolyutsiya xavfsizlik kafolati bo‘yicha Rossiya-Amerika o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga ham ta’sir qilishi mumkin, deyiladi ushbu xabarda.