Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun AQSH prezidenti Jo Bayden davlat xizmatchilari uchun emlanish majburiyligini e’lon qiladi
19:57 / 2021-07-29

AQSH prezidenti Jo Bayden 29 iyuldan barcha federal davlat xizmatchilari koronavirusga qarshi vaksina olishi haqida tartib joriy etilganini e’lon qiladi, deb xabar tarqatmoqda CNN telekompaniyasi.

Nashr tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, barcha davlat xizmatchilari va federal hukumat buyurtmasini bajarayotgan korxonalar xodimlari emlanishi shart yoki emlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Emlanmagan bo‘lsa, ular muntazam ravishda test topshirishlari kerak bo‘ladi.

Telekompaniyaning ta’kidlashicha, AQSH prezidenti hozircha ushbu tartibni harbiy xizmatchilarga joriy qilmoqchi emas, lekin Pentagonga ushbu masalada tavsiya berish niyatida.

O‘tgan seshanba kuni Jo Bayden AQSH hukumati federal davlat xizmatchilariga emlanishni majburiy qilib qo‘yish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarni tasdiqlagan edi.