Bugun 10 nafar yosh bokschimiz jahon chempionati yarim finalida jang qiladi
Ispaniyaning La-Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining kecha yakunlangan chorak final bahslaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar a’zosi oltin medallar uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Kecha, 22 noyabr kuni o‘tgan bahslarda 80 kilogrammda Rahmatillo Boymatov gretsiyalik raqibini 4:1 hisobida, 57 kiloda Baxtiyor Asadov Marokash vakilini, 75 kilogramm vaznda Sahobat Husanova ekvadorlik raqibasini va 71 kilo og‘irlikda Fazliddin Erkinboyev turkiyalik bokschini mag‘lubiyatga uchratib, chempionat medallarini naqd qilishdi.
Bundan avvalroq o‘tgan chorak final janglarida muvaffaqiyatli qatnashgan Gulsevar G‘aniyeva, Xo‘janazar Nortojiyev, Javohir Ummataliyev, Aziza Zokirova, Oltinoy Sotimboyeva va To‘rabek Habibullayev yarim finalda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi.
Bugun, 23 noyabr kuni ushbu yosh bokschilarimiz chempionatning yarim finalidagi janglarda ishtirok etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA