Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bug‘doy ortgan birinchi kema bugun Odessa portini tark etadi
12:11 / 2022-07-29

Bu haqda vaziyatdan xabardor kishi RIA Novostiga ma’lum qilgani aytilmoqda.

"Agar fors-major vaziyat yuzaga kelmasa bugunga rejalashtirilmoqda", — degan u agentlikka bergan xabarida, lekin “fors-major vaziyat” deganda nimani nazarda tutayotganini aniq aytmagan.  

Kuni kecha BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits  ham bug‘doy ortgan birinchi kema Ukrainaning Odessa portidan “bugun yoki ertaga”  jo‘nashi mumkinligini aytgan edi.  

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.   

BMT bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna  bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi. Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.