Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buenos-Ayresga Markaziy Osiyodan faqat O‘zbekistonliklar boradi
10:26 / 2018-06-05

Sport kurashlari bo‘yicha Argentinada o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilarimiz soni besh nafarga yetdi. Bunda eronliklarning bitta yo‘llanmadan mahrum bo‘lgani va aynan shu yo‘llanma o‘zbekistonliklarga taqdim etilganligi rol o‘ynadi.

Sport kurashlari bo‘yicha Argentinada o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilarimiz soni besh nafarga yetdi. Bunda eronliklarning bitta yo‘llanmadan mahrum bo‘lgani va aynan shu yo‘llanma o‘zbekistonliklarga taqdim etilganligi rol o‘ynadi.

Aniqrog‘i, bundan bir oy oldin bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida erkin kurash bahslarida Eron terma jamoasi uchta Olimpiya vaznida bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. Musobaqa qonun-qoidasiga ko‘ra esa bir mamlakat uchun faqat ikkita yo‘llanma ajratilishi belgilab qo‘yilgan. Shu bois, Eron terma jamoasi yo‘llanmalarning birini ixtiyoriy-majburiy holatda topshirishi lozim edi. Forslar -80kg vazn toifasidagi yo‘llanmadan voz kechishni ma’qul ko‘rishdi. Oxir-oqibat bu yo‘llanma o‘zbekistonlik yosh polvon Muhammadrasul Rahimovga tegishli bo‘ldi. Sababi, u qit’a chempionatida eronlik sportchidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagandi. 

Shunday qilib, Argentinaga boruvchi sport kurashchilarimiz soni bittaga ko‘paydi. Buenos-Ayresda erkin kurash bo‘yicha Osiyodan Eron va O‘zbekiston terma jamoalariga ikkita, Yaponiya terma jamoasiga esa bitta yo‘llanma tekkan. Yunon-rum kurashida Eron va Yaponiya davlatlaridan ikkitadan, O‘zbekiston esa bitta litsenziyaga ega. Ayollar kurashida ham ikki sportchimizga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyati berilgan .

E’tiborli jihati, sport kurashlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida faqat O‘zbekiston III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lgan.