Buenos-Ayres - 2018: Umidjon Jalolov oltin medalga ega chiqdi!
Argentinada III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqa oʻzbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.
Argentinada III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqa oʻzbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.
Erkin kurash bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Umidjon Jalolov shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan oʻrin oldi.
-48 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Umidjon musobaqa davomida JAR va Turkiya vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa gruziyalik Giorgi Gegelashviliga qarshi gilamga chiqdi va 8:2 hisobida gʻalaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
Bu Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 11-medal boʻldi. Ayni paytda hamyurtlarimiz tomonidan 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari qoʻlga kiritilgan. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga mikst bahslarida ega chiqilgan. Bu orqali Oʻzbekiston oʻsmirlar Olimpiadasida medallar sifati boʻyicha oʻz rekordini yangiladi.