Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buenos-Ayres - 2018: Shohida Ahmedovadan kumush medal!
02:06 / 2018-10-14

Argentina shahrida oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Ayniqsa, 13-oktabr kungi bellashuvlar hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.


Argentina shahrida oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Ayniqsa, 13-oktabr kungi bellashuvlar hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Biroz avval ogʻir atletikachimiz Dolera Davronova bronza, baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan Gulbahor Fayziyeva oltin medalni qoʻlga kiritganligi haqida xabar berib oʻtgandik.

Endi esa sport kurashlarida -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shohida Ahmedova sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz musobaqa davomida Qozogʻiston, Venesuela, AQSH, Belorus mamlakatlari vakillarini magʻlubiyatga uchratib finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi jangda esa u afsuski shvetsiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi qoʻydi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.

Maʼlumot uchun, bu oʻzbekistonlik sportchilar uchun Argentina Olimpiadasidagi oʻninchi medaldir. Hamyurtlarimiz tomonidan 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari qoʻlga kiritlgan. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga mikst bahslarida ega chiqilgan.