Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buenos-Ayres - 2018: Muhammadqodir Toshtemirovdan kumush medal!
10:45 / 2018-10-12

Buenos-Ayresda oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqada ogʻir atletikachilarimiz ham oʻz ishtiroklarini boshlab yuborishdi.


Buenos-Ayresda oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqada ogʻir atletikachilarimiz ham oʻz ishtiroklarini boshlab yuborishdi.

Bahslarga birinchilardan boʻlib -77kg vazn toifasidagi atletimiz Muhammadqodir Toshtemirov kirishdi. Hamyurtimiz dast koʻtarishda 140kg., siltab koʻtarishda esa 168kg., toshni oʻziga boʻysundirdi. Umumiy hisobda 308 kg. natija qayd etgan sportchimiz yakunda kumush medalga ega chiqdi. Ushbu yoʻnalishda oltin va kumush medallar mos ravishda Armaniston va Misr sportchilariga nasib qildi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, sportchi va uning murabbiyini muborakbod etadi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston terma jamoasi hisobida 1ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medallari mavjud.