Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buenos-Ayres - 2018: Islomjon Abdusalomov kumush medal sohibi!
03:38 / 2018-10-13

Argentinadagi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarining oltinchi kuni Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli boʻldi.


Argentinadagi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarining oltinchi kuni Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli boʻldi.

Biroz avval ogʻir atletika bahslarida Kumushxon Fayzullayeva oltin medalga ega chiqqandi. Endi esa baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Islomjon Abdusalomov terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qoʻshib qoʻydi.

Kanoening yakkama-yakka bahslarida qatnashgan hamyurtimiz avvaliga saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Keyin chorak finalda Vengriya, yarim finalda Chexiya vakillarini ortda qoldirdi. Hal qiluvchi bahsda esa qozogʻistonlik sportchiga qarshi kurash olib bordi va kichik farq bilan imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.

Islomjon Abdusalomovning medali ushbu oʻyinlarda Oʻzbekiston terma jamoasi uchun yettinchi medal hisoblanadi. Ayni paytda vakillarimiz hisobida 2ta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medallari mavjud.