Amaldagi islohotlar inson qadri uchun
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson qadrini ulug‘lashga qaratilib, odamlarning tinch, osuda, farovon yashashi uchun zarar sharoit yaratilayotir. Bu jarayonda chekka hududlardagi nosoz yo‘llar ham qayta ta’mirlanib, yangilanayotgani yurtdoshlarimizning faxr tuyg‘usini yuksaltirmoqda.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Surxondiyor mahallasidan o‘tuvchi yo‘lning to‘rt kilometr qismiga 35 yil muqaddam asfalt yotqizilgan bo‘lib, ta’mirtalab holga kelib qolgan edi. Transportda qo‘shni Uzun va Sho‘rchi tumanlarining qator mahallalariga boruvchi aholi ham shu yo‘ldan harakatlanadi. Ayni paytda yozda chang, yog‘ingarchilik kunlari loy bo‘lib qoladigan yo‘lga uch milliarddan ortiq mablag‘ sarflanib, tubdan ta’mirlanmoqda.
Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov va Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov yo‘lni tez kunlarda ta’mirlab, sifatli asfalt yotqizilishini nazorat qilayotir. Bu yerda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari mahalla ahliga bir olam quvonch ulashib, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga ishonch hissini, hayotidan rozi bo‘lib yashash tuyg‘usini mustahkamlamoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lxSLShMiPHY?si=bbXkcX6BryckyIAo" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri