English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi natijalar tariximizda eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralarni hozirdan ko‘rish topshirildi
14:52 / 2024-02-05

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda iyul-sentyabr oylarida Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Bu yilgi yutuqlarni Tokio olimpiadasida bo‘lgani kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri ekani qayd etildi.

2024 yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi natijalar tariximizda eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralarni hozirdan ko‘rish topshirildi.

Sport vazirligiga "Parij – 2024"ga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimiz uchun 15 ta Olimpiya va Paralimpiya markazi hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi 14 ta sport bazalarida barcha sharoitni yaratish topshirildi.

Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari bilan birgalikda ularni chuqurlashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, farmakologiya va diyetologiya jihatidan sifatli ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.

O‘zA