Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yilgi qabuldan rejalar katta
19:10 / 2023-07-04

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktori A.Samadov, qabul komissiyasi raisi O.Abdiyev, mas’ul kotib V.Jo‘rayev va bir qator mas’ul xodimlar jurnalistlarga atroflicha ma’lumot berdi. Asosiy e’tibor davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari, yangi o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti o‘rinlari soni, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va ulardan foydalana olishiga qaratildi. Shuningdek, filialda yangi ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar haqida ham ma’lumot berildi.  

Xususan, 2023/2024 o‘quv yilidagi qabul parametrlari 1 ming 723 nafarni tashkil etadi. Shundan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 3 ta fakultetning jami 8 ta ta’lim yo‘nalishlariga 600 nafar, shundan 130 nafar grant, 470 nafar to‘lov-kontrakt asosida, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartnoma asosida 8 ta ta’lim yo‘nalishlariga 900 nafar, kechki ta’lim shakliga 175 nafar hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosida 48 nafar abituriyentlarni qabul qilish rejalashtirilgan.  

Shuningdek, oliygohda joriy o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratiladi. Ayni paytda qabul jarayonlari davom etmoqda. Muhimi, qabul jarayonida imkoniyati cheklangan va fuqaroligi yo‘q, lekin mamlakatimizda yashovchi yoshlarning o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarga bemalol hujjatlar topshirishi mumkin ekani ham aytib o‘tildi.  

A. Musayev, O‘zA.