English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yilgi mavsumda Samarqandda ko‘mir muammo bo‘lmaydi
18:22 / 2021-09-29

“Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand viloyat filiali direktori Sayfiddin Jumanov ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mabtuot anjumani va press-turda ana shu fikrni qayta-qayta takrorladi.

– Kuz-qish mavsumida ko‘mirga ehtiyoji mavjud aholi punktlariga ushbu yonilg‘ini yetkazish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlangan , – dedi S.Jumanov. – Unga ko‘ra, bugungi kunda viloyatimiz bo‘yicha 744 mahallada 450 ming xonadonning ko‘mirga ehtiyoji bor. Shu paytgacha viloyatimizdagi 12 ta ombor va shoxobchalarimiz orqali 55 ming tonna ko‘mir mahsulotlari tarqatilib, reja 65 foizga bajarildi. Yana 35 ming tonna ko‘mir joylardagi shaxobchalarga yetkazib beriladi. Ayni paytda omborxonalarimizda 5860 tonna ko‘mir zahira qilingan.

2021-2022 yillar kuz-qish mavsumi uchun viloyatdagi ijtimoiy soha tashkilotlariga may-iyun oylaridayoq 38 ming 81 tonna ko‘mir to‘liq yetkazib berilib, ular belgilangan tartibda saqlandi.

Filial vakillari gazlashtirilmagan hududlarda tuman hokimligi va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda “Temir daftar”da qayd etilgan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ehtiyojmand xonadonlarga imtiyozli shartlarda ko‘mir yetkazib bermoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar filialning “Samarqand ko‘mir ombori”da bo‘lib, ko‘mir tarqatish jarayoni bilan tanishdi.

 

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA