Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil paxtaning 1 kilogrammi uchun 800 soʻmdan 1400 soʻmgacha haq toʻlanadi
17:33 / 2019-08-17

Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili paxta xom ashyosini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

“2019-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosini terib olishda:

paxta xom ashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 500 000 soʻm xizmat haqi toʻlash;

paxta xom ashyosining qoʻlda terilgan 1 kilogrammi uchun birinchi terimda oʻrta tolali paxta navlari uchun – 800 soʻmdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1000 soʻmdan, ikkinchi terimda oʻrta tolali paxta navlari uchun – 1000 soʻmdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1400 soʻmdan mehnat haqi toʻlash;

paxta yigʻim-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlari hamda Sirdaryo viloyatida tashkil etilayotgan dala markazlarining rahbarlari (menejerlari)ga istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnat haqi toʻlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin” – deyiladi qaror loyihasida.