Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil olimpiadada korxona va tashkilotlar yoshlari ham qatnashadi
22:39 / 2024-03-11

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi joriy yilning mart-dekabr oylari davomida mahalla yoshlari, umumta’lim maktablari, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar hamda ilk marotaba korxona, tashkilotlarda faoliyat yurituvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” 2023-yilda birinchi marotaba o‘tkazilgan kasblar tanlovida jami 15 ming 56 nafar yosh ishtirok etdi. Tanlovlarning Respublika (final) bosqichida viloyat yoshlari tomonidan bitta 1-o‘rin (Qarshi shahridan) –100 million so‘m, bitta 2-o‘rin (Kitob tumanidan) –75 million so‘m, bitta 3-o‘rin (Kitob tumanidan) –50 million so‘mlik pul mukofotlari qo‘lga kiritildi. 

“Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi doirasida 26 turdagi tanlov va sport musobaqalarida jami 543 mingdan ortiq yosh ishtirok etdi. 

Olimpiadaning 2023-yil 2-mavsumi respublika bosqichida viloyat yoshlari 13 ta medal (5 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza) qo‘lga kiritib, mahalla yoshlari o‘rtasidagi musobaqalarda 2-o‘rinni egallashdi. 

[gallery-16350]

Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi doirasida 26 ta turli tanlov, sport, paralimpiya musobaqalari o‘tkaziladi. 

Olimpiadaning ochilish marosimi Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida tashkil etilib, mazkur tadbirda 2,5 ming nafarga yaqin o‘tgan mavsum g‘oliblari, sportchi yoshlar, umumta’lim maktablari, oliy va professional muassasalarda tahsil oluvchi yoshlar jam bo‘lishdi. 

Olimpiadaning joriy yilgi mavsumi yengil atletika musobaqasi hamda “Yoshlar ovozi” festivali bilan start oldi. 

Ma’lumot uchun: shu kunga qadar 447 ming 279 nafardan ortiq yoshlar olimpiadaning joriy yilgi mavsumida ishtirok etish istagini bildirib, 5tashabbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan. 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari