Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil Kattaqoʻrgʻonda qishloq xoʻjaligi uchun tub burilish yili boʻladi
20:18 / 2020-04-14

Kattaqoʻrgʻonlik omilkor dehqonlar joriy yilda 10 ming 974 gektar maydonda paxta xomashyosi yetishtirishni reja qilgan.


Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida 2019-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi sohasini tubdan isloh qilish, sohani texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, ilm-fan va innovatsiyani joriy qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borildi.

Tumanda oʻtgan yili chigit ekish va ishlov berish uchun 19 ta zamonaviy pnevma seyalka, 32 ta kultivator, 10 ta haydov, 20 ta zamonaviy chopiq traktori olib kelindi va mavjud qishloq xoʻjalik texnikalarini 15-20 foiz yangilashga erishildi.

Tuman hokimligi axborot xizmatidan maʼlum qilishicha, shu kunlarda tumanga Turkiya davlatidan 72 dona zamonaviy pnevma seyalka olib kelindi va zamonaviy seyalkalar soni 100 tadan oshdi. Bundan tashqari, joriy yilda yuqori kuchlanishli 35 ta traktor olib kelinib, qishloq xoʻjaligi xodimlari va fermerlarga barcha zarur sharoit yaratildi. Endi fermerlar texnika muammosiga duch kelmaydi.

f60b559d-47ba-4e3c-9e11-a6a1b67b5806.jpg

Kattaqoʻrgʻonlik omilkor dehqonlar joriy yilda 10 ming 974 gektar maydonda paxta xomashyosi yetishtirishni reja qilgan. Eʼtiborli jihati, tuman paxtakorlari urugʻlik chigitni toʻliq tuksizlantirib, Germaniyada ishlab chiqarilgan dorilar bilan ishlov berib, gektariga 100 kilogrammdan kaliy, 200 kilogrammdan 46 foizli fosfor bilan ekishni boshladi.

Prezidentimiz qishloq xoʻjaligi sohasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektorda paxta hosildorligini gektariga 10 foizga, gʻalla hosildorligini gektariga 20 foizga oshirish, yangi bogʻ va tokzorlar orasiga sabzavot ekinlari ekib, yerdan unumli foydalanish lozimligini taʼkidladi. Kattaqoʻrgʻonlik mirishkorlar joriy yilda bor bilim va tajribasini ishga solib, texnika vositalaridan unumli foydalanib, qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida yuqori natijalarga erishishni maqsad qilmoqda. Qishloq xoʻjaligida yaratilgan imkoniyatlar 2020-yil tumanda yuqori hosildorlikka zamin yaratishi shubhasiz. Bir soʻz bilan aytganda, bu yil tumanda qishloq xoʻjaligi uchun tub burilish yili boʻladi.