Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil eng ko‘p qo‘yilgan ismlarni bilasizmi?
07:42 / 2021-04-17

Joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatimizda yangi tug‘ilgan bolalardan 5 ming 236 nafar o‘g‘il farzandga Muhammadali ismi, 5 114 nafar qiz farzandga Soliha ismi qo‘yilgan.

 

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2021 yilning uch oyida 91 ming 67 nafar o‘g‘il bola va 84 837 nafar qiz bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilgan.

Birinchi chorakda tavallud topgan qizlarga Soliha ismidan tashqari, Muslima (2969), Shukrona (2252), Imona (1913), Farzona (1423), Mubina (1350) ismlari ham ko‘p qo‘yilgan.

O‘g‘il bolalar ismlarining top 5 taligida esa Muhammadalidan tashqari, Muhammad (2997), Abdulloh (2711), Mustafo (2333), Imronbek (2062) ismlari ham bor.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA