Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil dunyo boʻyicha avtomobil savdosi necha foizga pasayadi?
12:17 / 2020-05-14

Moodyʼs xalqaro reyting agentligi ekspertlari joriy yilda avtomobil savdosi 20 foizga pasayishini taʼkidlamoqda.


Moodyʼs xalqaro reyting agentligi ekspertlari joriy yilda avtomobil savdosi 20 foizga pasayishini taʼkidlamoqda.

Oʻtgan chorshanba kuni agentlik saytida eʼlon qilingan hisob-kitob natijasida ushbu koʻrsatkich 14 foizni tashkil etishi maʼlum qilingan edi. “Reyting agentligining bu galgi hisob-kitobicha, 2020-yilda dunyo boʻyicha avtomobil savdosi 20 foizga tushishi kutilmoqda. Koronavirusning iqtisodiyotga taʼsiri yana-da chuqurlashmoqda“, – deyiladi Moodyʼs hisobotida.

Agentlikning hisob-kitobicha, bu yil savdo Yevropada 30 foizga, AQSHda 25 foizga pasayadi. Xitoyda bu koʻrsatkich avval aytilganidek, 10 foizligicha qoladi.

Moodyʼs agentligining taʼkidlashicha, kelasi yilda kuchli yigirmatalikka aʼzo mamlakatlar iqtisodiyotidagi oʻsish 4,8 foizni tashkil etsa, 2021-yilda dunyo boʻyicha avtomobil savdosi ham 11,5 foizga oʻsishi mumkin.

General Motors, Ford va Fiat Chrysler avtomobilsozlik kompaniyalari 18-maydan boshlab Michigan shtatida joylashgan zavodlarida qaytadan faoliyatini boshlashini maʼlum qildi. Mazkur zavodlar koronavirus pandemiyasi tufayli 18-martdan yopib qoʻyilgan edi. Bu haqda shtat gubernatori Gretchen Uitmer matbuot anjumanida maʼlum qilgan.

“Uch yirik kompaniya avtosanoat ishchilarining birlashgan kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda 18-maydan boshlab asta-sekin faoliyatni boshlaydi. Ular avval 25 foiz quvvat bilan ishlasa, keyinroq ushbu koʻrsatkichni oshirib boradi“, – dedi Uitmer.

Gubernatorning taʼkidlashicha, shtatdagi qayta ishlash sanoati korxonalarining aksariyati 11-maydan faoliyatini yoʻlga qoʻygan. “Biz hali qiyin bosqichdan oʻtmadik, biroq bu oldinga qarab tashlangan muhim qadam“, – dedi u. Uitmerning qoʻshimcha qilishicha, ishlab chiqarishda ijtimoiy masofani saqlash tartiblariga qatʼiy amal qilinadi.

Mazkur avtogigantlar rahbariyati ish qayta boshlangunga qadar zavod ishchilari kompaniyadan ishsizlik nafaqasi olib turishini maʼlum qilgandi.

Ushbu uch yirik kompaniyadan faqat General Motors joriy yil birinchi choragini 0,3 milliard dollarlik foyda bilan yakunladi. Kompaniyaning umumiy savdo tushumi 32,7 milliard dollarga yetgan. General Motors pandemiya oqibatida 1,4 milliard dollar miqdorida zarar koʻrganini taʼkidlamoqda.