Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil agrolizing uchun mablag‘ o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘p ajratiladi
17:53 / 2021-02-25

“O‘zagrolizing” AJ tomonidan jamiyatning 2021 yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalish va vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yillar davomida “O‘zagrolizing” AJ tomonidan 4 trillion 622 milliard so‘mlik, birgina o‘tgan yilning o‘zida esa umumiy qiymati 724 milliard so‘mlik 3 ming 820 dona zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berilgan.

Joriy yil lizing oluvchilarga 1 trillion 530 milliard so‘mlik 11 ming 232 dona yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘p texnika va mexanizmlar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Jamiyatning asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligini lizing shartlarida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib, lizing xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lami bo‘yicha O‘zbekiston bozorida uzoq yillardan buyon yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.

bugungi kunda “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi”, “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi”, “Agregat zavodi”, “Texnolog”, “Urganchkormmash” aksiyadorlik jamiyatlari, “Uz Klaas Agro”, “Uz Keys Mash”, “Lemken Chirchiq”, “Agrixim” MCHJ qo‘shma korxonalari kabi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbus – ishsiz a’zolari bor oilalar, jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun 10 sotihdan 1 gektargacha yer ajratilishi dasturi doirasida kichik yer maydonlarida foydalanish qulay bo‘lgan 5 ming dona motoblok yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning dastlabki ikki oyida respublika qishloq xo‘jaligiga umumiy qiymati 56 milliard so‘m bo‘lgan 608 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berildi.

2021 yilda jamiyat faoliyatiga xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini keng jalb qilish uchun dunyodagi yirik to‘rtlik xalqaro audit kompaniyalaridan birini hamda xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti bo‘yicha ijobiy xulosa olish rejalashtirilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA