Prezident tashrifi
Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi – bugun aholi farovon yashayotgan so‘lim maskanlardan biri.
Bugun ushbu manzildagi bir yarim mingga yaqin xonadonda 4,5 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Hududda poliklinika, 180 o‘rinli bog‘cha, 330 o‘rinli maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Massiv qulay infratuzilma hamda zamonaviy shaharsozlik me’yorlarini o‘zida aks ettirmoqda. Shu bilan birga, ekotizmni saqlash va aholining farovon istiqomat qilishlari hudud ko‘kalamzorlashtirilgan.
Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga tashrifi asnosida “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.
Mahmud Namozov, O‘zbekiston xalq artisti:
– Yurtimiz aholisiga munosib sharoitlar yaratish, shinam turar joylar barpo etish borasidagi ishlar Surxondaryoda ham avj olgan. Jumladan, Jarqo‘rg‘onda qad rostlagan “Yangi O‘zbekiston” massivi bunga yaqqol bir misol. Bu yerlarni bir paytlar cho‘l bo‘lgan desangiz, hech kim ishonmaydi. Qarang mahobat va yashillikni, ko‘z quvnaydi. Faqat maza qilib yashash uchun bunyod bo‘lgan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/89DLcL3C-nU" title="“Bu yerlarni cho‘l bo‘lgan desangiz, bugun hech kim ishonmaydi” – Mahmud Namozov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, Nishonboy ABDUVOITOV (video), O‘zA