Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu galgi saylovlar avvalgilariga nisbatan kuchli raqobat muhitida o‘tadi
11:39 / 2024-07-27

Parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga start berilganidan so‘ng siyosiy partiyalar va ularning yetakchilari munosabat bildirib, o‘z bayonotlarini e’lon qilmoqda.

Aktam Haitov, O‘zLiDeP raisi:   

–Bu yil mamlakat parlamentiga saylovlar mutlaqo yangicha – aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tayotgani ham siyosiy partiyalardan nihoyatda faollashishni talab qiladi.   

Ya’ni, bu yil saylovchilar nafaqat nomzodlarga, balki partiyalarga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.   

O‘zLiDeP yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy voqeaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ahamiyatini yaxshi tushunadi. Shu bois, bu saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz.   

Maqsadimiz – O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish, inson qadrini ulug‘lash bilan bog‘liq keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.   

«Milliy tiklanish» DP Markaziy Kengashi:   

–O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga start berildi.   

Aytish lozimki, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi mustaqillikning eng qizg‘in pallalaridan beri mamlakat siyosiy maydonida o‘z g‘oya va maqsadlarini keng targ‘ib qilib, yurtdoshlarimiz ishonchini oqlab kelyapti.   

Milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlash, tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqimizning boy tarixi, madaniy va ma’naviy merosini asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, shuningdek, milliy o‘zligimizni, ona tilimiz, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni saqlash hamda rivojlantirishni bosh maqsad qilgan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi ushbu saylovda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi doirasida munosib ishtirok etadi.   

Pirovard maqsad esa bo‘lajak saylovda yuqori natijaga erishish va saylovchilar ishonchini qozonishdir.   

To‘g‘ri, bu galgi saylovlar avvalgi saylovlarga nisbatan kuchli raqobat muhitida o‘tadi. Ammo bu yo‘lda salmoqli natijalarga erishib, parlament va mahalliy Kengashlarda eng ko‘p o‘rinlarni egallash uchun yetarlicha tajriba bor. Zero, yagona maqsad xalqimizni rozi qilishga hissa qo‘shish, uning farovonligi, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi maqsadlarimizni amalga oshirishdir!   

O‘zA muxbiri

Muhtarama Комилоva tayyorladi.