English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Bu dam fasli hidoyatdir»
21:51 / 2023-03-29

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ismoil Mahmud Marg‘iloniyning «Bu dam fasli hidoyatdir» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kitobda muallif she’riyatning o‘ndan ortiq janridan muvaffaqiyatli foydalangan.  

– Qur’on va Hadislardan ta’sirlanib yozilgan baytlar o‘quvchiga o‘zgacha ruhiyat bag‘ishlaydi, – dedi mohir ijodkor, tarjimon Sayfiddin Sayfulloh. – Kitobda iymon, tavba, ota-onaga, ustozlarga hurmat, ularning duosini olishdek milliy qadriyatlarimiz g‘oyat chiroyli tarzda ifoda etilgan. Turkiy she’riyatda eng ko‘p murojaat etiladigan janrlar qamrab olingan.

– Kitobimning taqdimoti shunday hidoyatli kunlarda o‘tayotganidan juda mamnunman, – dedi muallif Ismoil Mahmud Marg‘iloniy. –Bunday uchrashuvlar kitobxonlar fikrini o‘rganishda, kelgusidagi ijodiy vazifalarni belgilashda juda muhimdir.

«Bu dam fasli hidoyatdir» kitobi "Adabiyot" nashriyotida chop etilgan bo‘lib, unga ustoz ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid mas’ul muharrirlik qilgan. Mazkur kitob devon shaklida tartibga keltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Taqdimot marosimi mumtoz ashulalar, maqom namunalari ijrosi bilan yanada fayzli o‘tdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri