French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bryusselda Rossiya - NATO kengashi yig‘ilishi yakunlandi
20:14 / 2022-01-12

Shimoliy Atlantika alyansining Bryusseldagi qarorgohida Rossiya - NATO kengashi yig‘ilishi yakunlandi, deb yozgan “RIA Novosti”.

Maahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 da boshlanib, to‘rt soatdan ko‘p davom etgan

tadbir 9-10 yanvar kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tgan xavfsizlik kafolati bo‘yicha AQSH bilan muzokaraning davomi edi. Xuddi shu masala yuzasidan maslahatlashuv ertaga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Vena platformasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muloqot natijasi hozircha e’lon qilinmadi. Faqat tomonlar keyingi muloqotga tayyorligini bildirishmoqda.

2021 yil oxirida Rossiya AQSH bilan shartnomalar va NATO bilan xavfsizlik kafolati bo‘yicha kelishuv loyihasini e’lon qilgan edi. Moskva g‘arbiy hamkorlardan ittifoqni sharqqa qarab yanada kengaytirish, Ukrainani blokka qo‘shish va sobiq sovet respublikalarida harbiy bazalar yaratishdan chekinishni talab qilmoqda.

Rossiya - NATO kengashi 2002 yil muvofiqlashtirishni rivojlantirish maydoni sifatida tuzilgan. 2008 yildan hamkorlik susaydi, 2014 yil esa o‘zaro munosabat yanada sovidi. O‘tgan yil oktyabr oyida NATO 8 nafar rus diplomatini akkreditatsiyadan mahrum qilganda vaziyat o‘ta keskinlashdi. Rossiya bu harakatga javoban Belgiyadagi, NATO qarorgohidagi doimiy vakolatxona ishini to‘xtatib, Moskvadagi harbiy aloqa missiyasi va Shimoliy alyansning axborot byurosini yopishga qaror qildi.