Bryusselda o‘n minglab odam iqlim himoyasi uchun namoyishga chiqdi
Yakshanba kuni Bryusselda iqlimni himoya qilish uchun o‘tkazilgan “katta marsh”da 25 mingga yaqin, tashkilotchilar taxminicha, 30 mingga yaqin namoyishchi qatnashgan, deb xabar bermoqda “Interfaks” agentligi Belgiya politsiyasi ma’lumotiga tayanib.
“Iqlim uchun marshning muvaffaqiyati yil sayin iqlim buzilishi belgiyaliklarni qanchalik xavotirga solayotganini isbotlaydi”, deb yozdi namoyishni tashkil etgan Iqlim koalitsiyasi bayonotidan iqtibos keltirib “La Libre Belgique” gazetasi.
Belgiyaning 90 dan ziyod fuqarolik jamiyati tashkilotlari – atrof-muhit, kasaba uyushmasi, yoshlar va boshqa tizimlarni birlashtirgan Iqlim koalitsiyasi “siyosiy dunyo bu chaqiriqni eshitmasligi mumkin emas” deb hisoblaydi.
Iqlim koalitsiyasi hozirdanoq shijoatni, birdamlikni talab qiladi! Imkon qadar tezroq Bosh vazir bilan uchrashuvni iltimos qiladi. “Ekologiya o‘zgarishi bizga har kuni ta’sir ko‘rsatadi. Harakatdan to‘xtamasligimiz kerak”, deyiladi kommyunikeda.