Bryussel aeroporti bugun ishlamaydi
Bryussel aeroporti 20 iyun kuniga rejlashtirilgan barcha reyslarni bekor qildi.
Ushbu qaror Belgiya kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan ish tashlash va norozilik namoyishi tufayli qabul qilindi, deb xabar bergan Yevropa Ittifoqi rasmiy sayti.
“Biz yo‘lovchilarni aeroportga kelmaslikka, parvozni boshqa kunga ko‘chirishga chaqiramiz”, deyiladi Bryussel aeroporti bayonotida.
Bugun aeroport samolyot qabul qilish va yuk uchog‘iga xizmat ko‘rsatish uchungina ishlaydi.
Dushanba kuni Belgiyadagi kasaba uyushmalari minglab tarafdorlarini narx oshishi va aholining xarid quvvati pasayishi tufayli odamlarni namoyishga olib chiqishni rejalashtirgan.