English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Brokonerlar qo‘lga tushdi
10:11 / 2023-05-30

Qorako‘lda baliq ovlagan brokonerlar qo‘lga olindi. Ularning o‘ljasi orasida “Qizil kitob” ga kiritilgan baliqlar ham bor. Bu haqida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Murodjon Rahmatullayev ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 27 may kuni soat 07:00 larda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida reyd tadbiri olib borilgan.  

Natijada Qorako‘l tumani “Zamon-Bobo” tabiiy suv havzasida faoliyat olib borayotgan “Asqar Ota Omad” fermer xo‘jaligiga tegishli hududda ov qilib yurgan shaxslar kuzatuvga olingan. Avtomashinada bo‘lgan bir guruh shaxslar cho‘l hududida to‘xtatilib tekshirilganda, Qorako‘l tumani “Polvonlar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar N.S. hamda Y.T. baliq ovlash qoidalarini buzib, taqiqlangan ov quroli “leska” to‘rlar 25 dona va astraka (sanchqi) 25 dona yordamida ov qilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Fuqarolar N.S. va Y.T.lar tomonidan ov qilingan mahsulotlar ko‘zdan kechirilganda umumiy 169 dona turli xil turdagi baliqlar ovlanganligi (159 dona sazan, 5 dona laqqa, 2 dona tovon, 2 dona turkiston bayroqdori va 1 dona lish baliqlari), shundan 2 dona turkiston bayroqdori baliqlari “Qizil kitob” ga kiritilganligi ma’lum bo‘lgan. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida ov mahsulotlari viloyat ekspertiza bo‘limiga yuborilgan.  

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.S. va Y.T.lar ov qilish qoidalarini buzganligi tushuntirilib, ov vositalari bo‘lgan kapron ipli setka va astraka (sanchqi) olib qo‘yilgan.  

Mazkur holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA