Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BRITISH COUNCIL: ingliz tilini bilish yoshlarga yangi imkoniyatlarni ochmoqda
18:54 / 2021-07-24

Joriy yil Britaniya Kengashi O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligini nishonlamoqda. O‘tgan yillar davomida olib borilgan ishlarning aksariyati O‘zbekistondagi ingliz tilini o‘qitish va o‘qitishni isloh qilish, sohaga eng yaxshi xalqaro tajribani jalb qilish bo‘yicha sheriklik ishlariga yo‘naltirilgan edi.

O‘zbekistondagi bepul o‘rta ta’lim mamlakat taraqqiyoti uchun bebaho ustunlikdir. Shuning uchun ham maktab tizimini har tomonlama mustahkamlash juda muhim. Mamlakatdagi umumta’lim maktablarining barcha o‘quvchilari sifatli ta’lim olishlari uchun teng imkoniyatlar yaratadigan asosiy yo‘l bu – kuchli davlat maktablaridir.  

Qolaversa, chet tillarni o‘qitish ta’lim islohotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 2021 yil 19 mayda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda maktab o‘quvchilarining rivojlanishini yanada yaxshilash uchun chet tillarini o‘rgatish va kompyuterlashtirilgan baholashda yangi standartlarga erishish uchun bir qator maqsad va vazifalar ko‘rsatilgan.  

Britaniya Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida 2020 yanvar oyida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi belgilangan vazifalarni, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasining maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Memorandum O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ta’lim va ingliz tilini o‘qitishni isloh qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish ramzi bo‘ldi.  

Britaniya Kengashi O‘zbekistondagi 25 yillik faoliyati davomida ingliz tilini o‘qitish tizimini rivojlantirish bo‘yicha ish olib bormoqda, yaxlit yondashuvni qo‘llagan holda zamonaviy o‘qitish jarayoni qanday o‘tayotgani, o‘qituvchilar o‘zlarining ishlarida nimalarni yaxshilashni istashlari va islohotlarning birinchi va keyingi bosqichlarida nima qilish maqsadga muvofiqligini o‘rganib kelmoqda. Bunday yaxlit yondashuvning muhim qismi mavjud vaziyatni tahliliy tadqiq etish va ular asosida tavsiyalarni shakllantirishdir.  

Britaniya Kengashi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi maktablarda ingliz tilini o‘qitish va ingliz tili o‘quv dasturini isloh qilish sohasida bir qator tadqiqotlar o‘tkazdi. Shu maqsadda Kembrij va Lester universitetlaridan ekspertlar taklif qilingan. Kembrij universiteti tadqiqotlari milliy o‘quv dasturini ingliz tilida tahlil qilishga va ushbu dasturni yanada isloh qilish strategiyasini ishlab chiqishga, shu jumladan, asosiy prinsiplar, rivojlanish jarayonlarining tavsifi, shuningdek, umumta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturining tuzilishiga e’tibor qaratdi. Lester universiteti mutaxassislari zimmasiga bugungi kunda maktab o‘qituvchilari ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy usullaridan qay darajada foydalanayotgani, mavjud resurslardan qanday foydalanilayotganini o‘rganish va ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishda yanada qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator tavsiyalar berish vazifasi qo‘yildi.  

bugungi kunda ingliz tilini o‘qitishda asosan an’anaviy usul qo‘llaniladi, ya’ni og‘zaki nutqda foydalanish deyarli yo‘q. Shu munosabat bilan Lester universiteti mutaxassislari chet tilini o‘rganishning kommunikativ uslubiga o‘tish muhimligini ta’kidladi. Ushbu usul talabalarning chet tilida (og‘zaki va yozma shaklda) erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.Bu yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, o‘z fikrlarini ifoda etish qobiliyatini rivojlantiradi. Sinfdagi haqiqiy vaziyatlarni tiklash va muhokama qilish, shuningdek, pandemiya paytida amaliy natijasini ko‘rsatgan onlayn rejimida so‘zlashuvchilar bilan, xususan, onlayn formatda muloqot qilish tavsiya etiladi.  

Maktab o‘quvchilarida ingliz tilini yaxshi o‘rganish istagi, shu jumladan, ta’lim, biznes va sayohat uchun foydali mashg‘ulotlar orqali rivojlantirish tavsiya etiladi. O‘zbekiston hukumati tomonidan belgilangan tillarni o‘rganish maqsadlariga erishishga o‘quv soatlari sonining ko‘payishi va ingliz tilini o‘qitish standartlarini ishlab chiqish yordam beradi.

Mutaxassislar bunga Britaniyaning Teaching English as a foreing language (Ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishning Britaniya dasturi) yordam berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.  

Kembrij va Lester mutaxassislari to‘la-to‘kis inklyuzivlikka erishishga alohida e’tibor berishni tavsiya etadi, ya’ni imkoniyati cheklangan bolalar uchun boshqa maktab o‘quvchilari qatorida tilni o‘rganish qobiliyati, bu ularning jamiyat bilan tezroq va yaxshiroq integratsiyalashuviga yordam berishini ta’kidlamoqda. O‘qituvchilar tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar bilan bog‘liq masalalarni yaxshiroq tushunish va ularni qo‘llab-quvvatlash inklyuziv yondashuvda katta rol o‘ynaydi.  

Maktab o‘quv dasturiga yangi yondashuvlarni kiritishda direktorlar va o‘qituvchilar taklif qilingan o‘quv dasturi va metodikasi asoslarini hamda yangi yondashuvlarni joriy etishning ijobiy natijalarini hamda o‘quvchilar uchun, o‘zlari uchun ham tushunishlari uchun ular bilan ishlash zarur. Ushbu maqsadlar uchun treninglar tashkil etilishi, uslubiy qo‘llanmalar yaratilishi lozim. Yangi o‘quv dasturlarini joriy qilishda o‘qituvchilardan yangiliklar, ular duch keladigan muammolar va ehtiyojlar to‘g‘risida mulohazalar olish va ularni doimiy ravishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun so‘rovnomalardan faol foydalanish tavsiya etiladi.  

Tadqiqotchilar baholash savodxonligini ham yo‘lga qo‘yishni ta’kidlashdi. Masalan, baholash faqat baho olish bilan chegaralanmasligi kerak. Bu chet tilini o‘rganish va o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun o‘qituvchilar uchun ham, talabalar uchun ham foydali bo‘ladi. Ya’ni, talabalarni noto‘g‘ri javoblarni ajratib ko‘rsatish orqali xatolar ustida ishlashdan ko‘ra, o‘zlarining o‘qishlarida faol ishtirok etishga urg‘u berish va rag‘batlantirish kerak. O‘zaro baholash va o‘zini o‘zi qadrlash bilan birgalikda o‘zaro o‘rganish madaniyatini rivojlantirish ham ijobiy natija beradi. Buning uchun o‘rganish madaniyatini o‘zgartirish muhimdir.  

Maktablar va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik maktab natijalari va universitetga qabul qilish standartlari o‘rtasidagi farqni kamaytirishga yordam beradi.  

Tadqiqot natijalari va tadqiqot markazlarining tavsiyalari Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligiga ko‘rib chiqishga topshirildi va tez orada yangi o‘quv dasturiga kiritiladi.  

Ingliz tili bugungi kunda mehnat bozorida dolzarb va talabga ega bo‘lgan mutaxassisliklarni o‘zlashtirishning kalitidir, demak, bu yoshlar, xususan talabalar uchun zamonaviy oliy ma’lumot olishga tayyor bo‘lish uchun istiqbolli imkoniyatdir. Chet tili nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham talabga ega bo‘lib, natijada ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ichki va xorijiy mamlakatlarda yanada kengaydi. O‘z navbatida, mamlakatni yanada rivojlantirish uchun eng yaxshi xalqaro tajribani O‘zbekistonga joriy etishning samarali usuli hisoblanadi.  

O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi.