Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar 31 dekabrgacha yakunllanadi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatning Yevroittifoqdan chiqish bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilishini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ziddiyatli masalalar bo‘yicha bir qarorga kela olmagan taqdirda ham belgilangan muddat – 31 dekabrda muzokaralar to‘xtatiladi.
“ITV” keltirgan iqtibosda Jonsonning “O‘tish davri 31 dekabrda tugaydi. Bizning pozitsiyamiz o‘zgarmasdir”, degani aytilgan.
Avvalroq yevroittifoqlik va britaniyalik muzokarachilar bitim bo‘yicha kelishuvga erishilmaganini ma’lum qilgandi.
Jumladan, tomonlar asosiy masala – baliqchilik sanoatidagi qoidalar bo‘yicha turlicha fikr bildirmoqda.