Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Birlashgan Qirollik iqtisodiyoti o‘tgan yilning ikkinchi yarmida ketma-ket ikki chorak salbiy salbiy natija qayd etgach, inqirozga yuz tutgan. 2023 yil yalpi ichki mahsulot uchinchi chorakda 0,1 foiz, oxirgi uch oy 0,3 foiz pastlagan.
Milliy statistika idorasi YAIM haqidagi ko‘rsatkichni e’lon qilishi bilan funt sterling AQSH dollari va yevroga nisbatan zaiflashdi.
Britaniya iqtisodiyoti qariyb ikki yildan beri turg‘unlik holatida. Angliya banki 2024 yil ijobiy natija kutilayotganini ma’lum qildi. Bosh vazir Rishi Sunak joriy yil o‘tadigan milliy saylov oldidan saylovchilarni xursand qiladigan kayfiyatda emas.
Moliya vaziri Jeremi Xant fikricha, mamlakat iqtisodiyoti boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, mehnat va biznes sohaida soliqni kamaytirish kerak.
Davlat siyosatini o‘rganish instituti tadqiqotchisi Pranesh Narayanan kasalxona, maktab va infratuzilmaga yetarli sarmoya kiritilmagani bugungi holatga olib kelganini ta’kidlagan. Uning aytishicha, soliqni kamaytirish emas, investitsiyaga ustuvorlik berish kerak. Shuningdek, tadqiqotchi Bosh vazirning o‘tgan yilgi iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi haqidagi va’dalarini ham eslatgan.
S.Poyonov, O‘zA