Britaniyaliklar Karl IIIga toj kiydirish marosimi kuni dam olishadi
“The Guardian” yozishicha, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak 2023 yil 8 may dushanbani davlat bayrami kuni, deb e’lon qildi.
6 mayga belgilangan yangi Qirolga toj kiydirish tantanasi 1066 yildan beri an’anaviy tarzda monarxlarning taxtga o‘tirish marosimi o‘tkazib kelinayotgan Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi. Bu yil britaniyaliklar qirollik oilasiga aloqador sana munosabati bilan ikki marta - avval iyun oyida Yelizaveta II hukmronligining 70 yilligi, so‘ngra sentyabr oyida uning dafn marosimi kuni dam olgan.