Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyalik taniqli shifokor inson organizmi uchun foydasiz bo‘lgan vitaminlarni sanab o‘tdi
10:52 / 2024-10-08

Ko‘pchilik qish va bahorda avitaminoz kasalligini oldini olish uchun profilaktika tarzida turli vitamin yoki polivitaminlarni shifokor maslahatisiz qabul qila boshlaydi. To‘g‘ri, vitaminlar salomatlikning muhim tarkibiy qismi, ammo ularning ba’zilari foyda keltirishi haqiqatdan yiroqdir.

Multivitamin komplekslar (Polivitaminlar)  

Ko‘pincha qo‘shimchalarga bo‘lgan ehtiyoj avvaldan noto‘g‘ri baholanadi. Ortiqcha vitaminlar esa ularning yetishmasligidan ham ko‘proq zararli bo‘lishi mumkin.  

Amerikalik tadqiqotchilar multivitamin komplekslar tanaga deyarli hech qanday foyda keltirmasligini aytmoqda. Doktor Devid Jenkins tadqiqot natijalariga ko‘ra, polivitaminlar o‘rniga muvozanatli ovqatlanish tartibini tatbiq etish ko‘proq samara beradi. Buning uchun kundalik taomnomaga turli sabzavot, meva va yong‘oqlarni kiritish kifoya.  

Tabletka shaklidagi D vitamini  

D vitaminining me’yoridan ortiq dozasi dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uni shifokor tavsiyasisiz o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik lozim.  

Tibbiyot fanlari doktori Muhammad Amerning so‘zlariga ko‘ra, D vitaminini tabletkalarda qabul qilish hech qanday foyda keltirmaydi, uning ortiqcha dozasi esa og‘ir zaharlanishga olib keladi.  

Omega-3  

Omega-3 qo‘shimchasi so‘nggi vaqtlarda juda ko‘p reklama qilingan preparatlardan biridir. Ammo bunday kapsulalardagi yog‘ning tabiiy aminokislotalar o‘rnini bosishi haqida hech qanday ilmiy isbot va dalillar mavjud emas. Garvard maktabining tibbiyot fanlari professori Piter Koenning aytishicha, omega-3 o‘rniga yog‘li baliq iste’mol qilish foydaliroqdir.  

Vitamin C tabletkalari  

S vitaminini biologik faol qo‘shimcha ko‘rinishida sotib olishdan ko‘ra, oziq-ovqat orqali qabul qilish yaxshiroqdir, zero bunday kapsulalardan foyda yo‘q. Diyetolog Betan Tayerning aytishicha, sitrus mevalari, karam, bulg‘or qalampiri, pomidor va ko‘katlarni iste’mol qilish orqali C vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish mumkin. Turli tabletkalarga pul sarflashning esa hojati yo‘q.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lD68nWhkM60?si=t8ThkJvelmjhffKa" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, O‘zA