Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyalik o‘quvchilar o‘zbekistonlik tadbirkor qiz bilan tanishmoqda
23:41 / 2024-02-13

Britaniyaning mashhur “The London Post” onlayn nashri “Dunyoning 100 nafar ayol me’mori” ro‘yxatidan o‘rin olgan o‘zbekistonlik me’mor Taxmina Turdialiyeva bilan uyushtirilgan suhbatni chop etdi.

U axborot portaliga xotin-qizlar hayoti va mehnat sharoitini yaxshilash, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi. Suhbat davomida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar huquqi va manfaatini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza etish, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ular uchun ish o‘rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani ta’kidlandi.

Taxmina Turdialiyeva qayd etganidek, o‘qish istagidagi xotin-qizlar uchun qulay sharoit yaratish, ularning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida mamlakatda xususiy va davlat universitetlari, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’limni imtiyozli moliyalashtirish tizimi joriy etilgan.

Bundan tashqari maqolada xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Taxmina Turdialiyeva taqdimoti 2024 yil 23 yanvar kuni Londonda Britaniya arxitektorlari Qirollik instituti tomonidan o‘tkazilgan “Dunyoning 100 nafar ayol me’mori” kitobiga kirgan. U Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Xitoyning Xuajun fan va texnologiya universiteti bitiruvchisi, bir qator xalqaro arxitektura tanlovlari g‘olibi hisoblanadi. Ijodi Xitoy va Italiyadagi loyihalarni qamrab olgan. Toshkentdagi “TT Design Lab” arxitektura studiyasini muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda.

Maqolada Taxmina Turdialiyevaning ishlari ham taqdim etilgan.

Aziza Alimova tayyorladi.

O‘zA