Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyalik olimlar Antarktidaning 1,5 million yillik muzini eritishni boshladi (+video)
12:02 / 2025-07-26

Buyuk Britaniyalik olimlar Antarktida muz qatlamining chuqur qismidan olingan 1,5 million yillik muz bo‘laklarini tadqiq qilish uchun Kembrijga olib kelishdi. BBC xabariga ko‘ra, bu muz namunalarini eritish orqali Yerning qadimgi iqlim tarixi haqida noyob ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Muz bo‘laklari silindr va to‘rtburchak shakllarda burg‘ilab olingan bo‘lib, ularning har biri bir metr uzunlikdagi qismlarga bo‘lingan. Muz namunalari dastlab qayiqda, keyinchalik esa furgon orqali Antarktidadan Kembrijga yetkazilgan.

Tadqiqotchilar ushbu muz bo‘laklarida qadimiy atmosferaning izlari — xususan, gaz pufakchalari va boshqa mikroskopik zarrachalar “muzlagan” holda saqlanib qolganini ta’kidlashmoqda. Bu esa ularning Yerning uzoq o‘tmishdagi iqlim holati va karbon gazlari darajasi haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi.

Loyiha ishtirokchilaridan biri shunday dedi:

“Muz bo‘laklarida muzlagan muhim tarixiy ma’lumotlar mavjud. Ular bizning iqlim o‘zgarishi haqidagi tushunchamizda inqilobiy o‘zgarishlar yasashi mumkin." - deydi loyiha ishtirokchilaridan biri.

Shu bilan birga, muz namunalarini ajratib olish juda murakkab va qimmat jarayon bo‘lgani, olimlardan katta mehnat va resurs talab etgani ta’kidlanmoqda.

Bu loyiha global iqlim o‘zgarishlarini chuqurroq tushunish, shuningdek, kelajakdagi ekologik xavflarni oldindan bashorat qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RXk7-8cITQ0" title="Britaniyalik olimlar Antarktidaning 1,5 million yillik muzini eritishni boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA