Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyalik futbolchining uyi qora dori ishlab chiqaradigan fabrikaga aylantirilgan ekan
17:17 / 2022-10-11

"Arsenal" va "Liverpul" jamoasining sobiq himoyachisi Jermeyn Pennantning uyidan marixuana ishlab chiqariladigan fabrika aniqlandi. Britaniyaning Daily Mail nashri shu haqda yozmoqda.

Manbalarda keltirilishicha, fermaga aylantirilgan Pennantaning hashamatli hovlisi keyinchalik qarovsiz qoldirilgan. Futbolchi ushbu ko‘chmas mulkni 2007 yilda sotib olgan, biroq oradan bir necha yil o‘tgach, "Liverpul"dan Ispaniyaning "Saragosa" jamoasiga o‘tgan. Shu tufayli u Angliyani tark etib, uyini ijaraga bergan. Xabarda ta’kidlanishicha, hovli 2020 yildan buyon bo‘sh turgan.

Politsiyachilar uydan katta miqdorda marixuana hamda uni yetishtiradigan vositalarni topgan. Shuningdek, xabarda aytilishicha, futbolchining o‘zi ijarachilar uyni tark etganidan bexabar bo‘lgan.

Pennant futbolchilikni 2018 yilda tamomlagan. U "Arsenal", "Liverpul" va "Saragosa"dan tashqari, Hindiston va Singapur chempionatlarida ham to‘p surgan.