French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyaga La-Mansh orqali rekord darajada ko‘p migrant keldi
18:23 / 2021-08-05

La-Mansh bug‘ozi orqali Yevropa qit’asidan Buyuk Britaniyaga bir kunda 480 nafar noqonuniy migrant keldi, bu rekord ko‘rsatkichdir, deyiladi Sky News telekanalining Birlashgan Qirollik Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib tarqatgan xabarida.

Noqonuniy migrantlar La-Manshni kesib o‘tish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi. Chunki ular Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy dastur, qochqin maqomini olish va moliyaviy yordam tufayli orolga borishga intiladi.

Buyuk Britaniya va Fransiya iyul oyida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha bitim imzolagan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Fransiya sohillaridan jo‘natilayotgan qayiqlarni to‘xtatib qolish uchun sohillarni qo‘riqlayotgan politsiyachilar soni ikki barobarga oshirilishi kerak.