Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyada Temza daryosining boshlanish joyi quridi
10:56 / 2022-08-05

G‘ayritabiiy yuqori harorat sabab yuzaga kelgan qurg‘oqchilik tufayli tarixda birinchi marta afsonaviy Temza daryosining ilk nuqtasi qurib qoldi.

“The Guardian” gazetasi “Rivers Trast” ekologik tashkilotining ilmiy ishlar bo‘yicha direktori Rob Kollinzga tayanib xabar berishicha, davomli quruq ob-havodan so‘ng Temza daryosining Glostershirdagi bosh o‘zanida suv qolmagan. Quyiroqda esa besh mil (8 km) masofada zaif oqim zo‘rg‘a ko‘rinyapti. Kollinz, shuningdek, o‘zgaruvchan iqlim sharoitida bunday qurg‘oqchilik va jiddiy suv tanqisligi kuchayishi mumkinligini ta’kidladi.