Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyada o‘qiyotgan zilzila muhandisi
11:22 / 2024-10-15

– Zilzilaning oldini olib bo‘lmaydi, lekin ehtimoliy talafotni kamaytirish mumkin, – deydi vatandoshimiz.

“O‘zbekning elchisi” loyihasining navbatdagi mehmoni Buyuk Britaniyadagi Bristol universiteti magistraturanti, “Zilzila muhandisligi va infratizim chidamliligi” yo‘nalishida tahsil olayotgan yurtdoshimiz Dostonbek Jumayev.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan bu yigit “o‘z ishining ustasi”ga aylanish uchun hozir ta’lim olishga zo‘r bergan. O‘zi ta’kidlashicha, o‘qish xarajati, qolaversa turar-joy va kundalik chiqimlarning bari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Ya’ni, Dostonbek kabi jamg‘arma grantini yutib, xorijdagi nomdor universitetlarda o‘qish mamlakatimiz yoshlariga faqat ilm bilan band bo‘lish, vatanimiz taraqqiyoti uchun zarur, yetuk kadr bo‘lib yetishish imkonini yaratadi.

Qahramonimiz tanlagan yo‘nalish eng dolzarb sohalardan biri. Zero, tabiiy ofatlar bo‘yicha kuchli mutaxassis har qanday davlatda juda qadrlanadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/eamrNAfRq5A?si=-T9Ybp4PAJXbFjXf" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Doniyor Yoqubov (video),

O‘zA