Britaniyada Myanmaning elchisi o‘z elchixonasiga kiritilmayapti
Myanmaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Chjo Zo Min o‘zini mamlakatning Londondagi elchixonasiga kiritilmayotganini ma’lum qildi. “INTERFAX.RU” bu haqda “CNN” ma’lumotiga asoslanib xabar bergan.
“Meni ichkariga qo‘yishmayapti. Vaholanki bu yer Myanma yoki Birma emas, bu Buyuk Britaniya”, dedi elchi “Telegraph” gazetasiga intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Chjo Zo Min Myanmaning hibsdagi prezidenti va davlat maslahatchisini ozod qilishni so‘rab murojaat bilan chiqqan, shundan so‘ng Myanma harbiylari uni lavozimidan ozod etishga qaror qilgandi.