French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniyada Karl III tasviri tushirilgan ilk tangalar taqdim etildi
09:34 / 2022-09-30

Buyuk Britaniyada Qirollik zarbxonasi tomonidan qirol Karl III tasviri tushirilgan 5 va 50 funtlik tangalar taqdim etildi. Ushbu metall pul birliklarini britaniyalik haykaltarosh Martin Djennings ishlab chiqqan.

Tasvirda Karl III tojsiz namoyon bo‘lgan. Qirollik va numizmat an’analariga muvofiq, timsol profili chap tomonga qaragan. Ayoana bo‘ylab lotin tilida “Qirol III, Allohning inoyati bilan e’tiqod himoyachisi”, so‘zlari yozilgan.
5 funtlik tanganing boshqa tomonida Yelezaveta IIning ikki xil portreti tasvirlangan va uning hukmronlik davri (1926-2022) bitilgan.

Maxsus kolleksiya tangalari 3 oktyabr kuni chiqariladi, deyiladi zarbxona matbuot xabarida.
 

O‘zA