Britaniyada “G‘arbiy Nil” bezgagi izlari topildi
Buyuk Britaniyaning Hayvonlar va o‘simliklar salomatligi agentligi va Angliya jamoat salomatligini saqlash agentligi mamlakatdagi chivinlarda ilk bor “G‘arbiy Nil” bezgagi virusini aniqladi, deyiladi hukumat veb-saytida e’lon qilingan xabarda.
Virus ko‘pincha qushlarda uchraydi va chivinlar uning tashuvchisi hisoblanadi. Birlashgan Qirollikda hozirgacha ushbu bezgakning odamga yuqish holatlari qayd etilmagan.
“G‘arbiy Nil” isitmasi yuqumli kasallik bo‘lib, uning tabiiy o‘choqlari Afrika, Amerika, Yevropa va Osiyoning 90 dan ortiq mamlakatlarida joylashgan. Kasallik alomatlari yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i va toshma ko‘rinishida yuzaga chiqadi.
S.Rahimov, O‘zA