Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya Xitoyni murakkab va doimiy muammo deb biladi
16:36 / 2025-06-03

Buyuk Britaniya hukumati portalida e’lon qilingan yangi strategik mudofaa sharhida Xitoyga “murakkab va doimiy muammo” sifatida quyidagi ta’rif berilgan:

– Xitoy – murakkab va doimiy chaqiriq. Pekin Hind-Tinch okeani mintaqasida hukmronlik qilish, AQSH ta’siriga putur yetkazish va xalqaro tartibga bosim o‘tkazish uchun iqtisodiy, texnologik va harbiy imkoniyatidan tobora ko‘p foydalanmoqda. Xitoy texnologiyasi tarqalishi London uchun xatarli, chunki armiyamiz dunyoning istalgan nuqtasida amaliyot o‘tkazganda ayni muammoga duch keladi. Ushbu mamlakat josuslik va kiber hujumni davom ettirib, doimiy ravishda ilg‘or texnologiyaga qonuniy va noqonuniy vositalar orqali intellektual mulk huquqini taqdim etmoqda. Shuningdek, Qurolli kuchlarini keng ko‘lamli va tezkor modernizatsiya qilishga kirishgan.

Yangi strategik mudofaa sharhi Qirollik tomonidan 2027 yilga kelib harbiy xarajatni yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha oshirish rejalashtirilayotgan bir paytda chop etildi. Hujjatda mudofaa siyosati bo‘yicha tavsiyalar ham aks etgan.

Oldingi sharh 2021 yil nashr etilgan va Rossiya – Ukraina ziddiyati avj olgach, qayta ko‘rib chiqilgan.