Britaniya va YeI Rossiya nefti narxini pasaytirmoqchi
Buyuk Britaniya Rossiya neftiga nisbatan narx chegarasini tushirish maqsadida Yevropa Ittifoqiga ergashadi, deya xabar tarqatdi Qirollik Tashqi ishlar vazirligi.
Kecha YeI Kengashi RFga qarshi yangi sanksiya doirasida Bryussel rus neftiga narx chegarasini o‘zgartiradigan avtomatik mexanizm joriy qilinayotgani, eng yuqori narx bir barrel uchun 60 dollardan 47,6 dollargacha pasaytirilayotganini ma’lum qildi.