Poytaxtimizda Buyuk Britaniya Kengashi tashabbusi bilan ingliz tili va inklyuziv ta’limga bag‘ishlangan xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi. Tadbirda pedagog kadrlar tayyorlash tizimi (PRESETT)ni takomillashtirish hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjuman davomida Qirollikning 10, Markaziy Osiyoning 18 oliy o‘quv yurti vakillari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
2025-2026-yillarga mo‘ljallangan “Ingliz tili va inklyuzivlik akseleratori” dasturi doirasida tomonlar o‘rtasida 11 ta hamkorlik loyihasi qo‘llab-quvvatlanmoqda. Jarayonda inklyuziv ta’lim tamoyilini pedagog xodimlar tayyorlash dasturi bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqildi.
Mazkur loyihalar gender tenglik, alohida ta’limga ehtiyoji mavjud yoki nogiron shaxslar, neyro xilma-xillik hamda ijtimoiy va raqamli inklyuzivlik kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Dasturga mintaqamizning besh mamlakatidan 1000 ga yaqin o‘qituvchi, pedagog va universitet xodimi jalb etiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pLdABiHDNzc" title="Britaniya va Markaziy Osiyo universitetlariToshkentda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA