Britaniya va Avstraliya suv osti kemalarini qurish bo‘yicha 50 yillik yangi “AUKUS” kelishuvini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
– Yangi 50 yillik “AUKUS” kelishuvi Buyuk Britaniya va Avstraliyaning suv osti kemalarini qurish dasturlarini asoslaydi, shuningdek, o‘n minglab ish o‘rinlarini yaratadi va ikki o‘lkada sanoat salohiyati yaxshilanadi, -deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kelishuv kelgusi 25 yil davomida ikki davlat o‘rtasidagi 20 milliard funt sterlinggacha bo‘lgan eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Uch tomonlama “AUKUS” mudofaa hamkorligi 2021 yil sentyabr oyida rasmiylashtirilgandi. Hamkorlik Avstraliya, AQSH va Buyuk Britaniyani birlashtiradi. Hamkorlik doirasida Qo‘shma Shtatlar 2030 yillarda Avstraliyaga Virjiniya toifasidagi uchta suv osti kemasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Buning uchun Kanberra joriy yil oxirigacha Vashingtonga 2 milliard dollar to‘lashi kerak.
S.Rahimov, O‘zA