Buyuk Britaniya yangi mudofaa strategiyasining bir qismi sifatida “urushga tayyorlik” rejimiga o‘tmoqda, dedi Bosh vazir Kir Starmer.
- Mamlakatimiz urushga shay holatga o‘tmoqda, Qurolli kuchlarimizning asosiy maqsadi shu, - dedi u Glazgoda, hukumatning yangi strategik mudofaasi tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumanida. - Bizga harbiy jihatdan ilg‘or, qudratli davlatlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilinsa, ularni to‘xtatishning eng samarali yo‘li tayyor turish va kuch bilan tinchlikni ta’minlashga shayligimizni ko‘rsatish. Anjuman qirollik telekanallari tomonidan namoyish qilindi.
Buyuk Britaniya hukumati 2027 yilga borib harbiy xarajatni yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha oshirishni rejalashtirgan.
Bugun e’lon qilinadigan strategik mudofaa sharhida harbiy siyosatga oid tavsiyalar jamlangan. Oldingi sharh 2021 yil nashr etilgan va Ukraina mojarosi boshlangach, qayta ko‘rib chiqilgan. Tavsiyalar tashqi va ichki xavfsizlik, Londonning Ukraina mojarosi bo‘yicha siyosati, Qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish masalalari va yadroviy doktrinani qamrab olgan.
Darvoqe, hukumat mudofaa xarajatini oshirish maqsadini aniq va’da bilan tasdiqlagani yo‘q.