Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Britaniya Ukrainaga 500 ta mobil elektr generatorini yetkazib beradi
15:03 / 2022-03-14

Buyuk Britaniya Ukrainaga “energetika bilan qo‘llab-quvvatlash” doirasida 500 ta generatorni beg‘araz yordam sifatida yetkazib beradi. Bu haqda qirollikning biznes, energetika va sanoat strategiyasi ishlari bo‘yicha vazirligi bayonot berdi.

Britaniya hukumati generatorlar yordamida taxminan 20 mingta turar-joy, kasalxona va suv tozalagich stansiyalarini elektrenergiya bilan ta’minlash mumkinligiga umid qilmoqda.

"Biz generatorlarni elektrenergiyasi o‘chirilganidan keyin yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish va hayotiy zarur muassasalar faoliyatini ta’minlash uchun jo‘natmoqdamiz", – dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson. Xabarda aytilishicha, generatorlar

Ukrainaga tijorat tashkilotlari tomonidan chegaradosh mamlakatlar orqali yetkazib beriladi.